08.06.2019, 15:30

Olga Zabelinskaya Sloveniyadagi musobaqada kumush medalga sazovor bo'ldi

Ayni kunlarda Sloveniyaning Lyublyana shahri velosportning shosse yo'nalishi bo'yicha “Ljubljana – Domžale – Ljubljana” xalqaro musobaqasiga mezbonlik qilmoqda.

Mazkur turnir Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qilishi bilan ahamiyatli.

E'tiborlisi, musobaqa dasturidagi shaxsiy vaqt sinovi yo'nalishi bo'yicha o'tkazilgan poygada hamyurtimiz Olga Zabelinskaya kumush medalni qo'lga kiritdi. Zabelinskaya belgilangan 21.2 kilometr masofani bosib o'tish uchun roppa-rosa 27 daqiqa sarfladi. Batafsil:

“Ljubljana – Domžale – Ljubljana”. Sloveniya
Shaxsiy vaqt sinovi. Ayollar, 21.2 km.
1. Marlen Ryusse (Shveytsariya) – 00:26:34
2. Olga Zabelinskaya (O'zbekiston) + 26 soniya
3. Vittoriya Bussi (Italiya) + 1:02

Bu muvaffaqiyatdan keyin hamyurtimiz Tokio Olimpiadasi reytingi uchun o'z hisobiga 100 ochkoni qo'shib qo'ymoqda. Eslatib o'tamiz, Olga Zabelinskaya Toshkentda o'tkazilgan Osiyo chempionatining guruh poygasida g'alaba qozonib, ushbu yo'nalish bo'yicha Tokio Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi.

Mavzu bo'yicha:

Olga Zabelinskaya Kiprda yana bir oltin medalni qo'lga kiritdi

Olga Zabelinskaya Kiprda oltin medal oldi

Olga Zabelinskaya Belgiyadagi omnium musobaqasida oltin medalga sazovor bo'ldi

Osiyo chempionati. Olga Zabelinskaya – kumush medal sohibi!

Olga Zabelinskaya Shveytsariyadagi musobaqada oltin medalni qo'lga kiritdi