13.07.2019, 11:20

Olga Zabelinskaya AQSh turnesida kumush medalga sazovor bo'ldi


Ayni kunlarda AQShning Aydaxo shtatida veloshosse bo'yicha “ UCI America Tour” doirasidagi “Chrono Kristin Armstrong” turniri o'tkazilmoqda. Mazkur musobaqada terma jamoamiz vakili Olga Zabelinskaya ham ishtirok etmoqda.

Hamyurtimiz musobaqa doirasidagi “women elite” yo'nalishida startga chiqib, marra chizig'ini ikkinchi bo'lib kesib o'tdi. Sportchimiz belgilangan masofani bosib o'tish uchun 35 daqiqa, 50 soniya sarfladi. Oltin va bronza medallar esa AQSh terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

“Chrono Kristin Armstrong”. Women elite.
1. Xloy Digert (AQSh) – 00:34:01.1100
2. Olga Zabelinskaya (O'zbekiston) – 00:35:50.36 (+1:49.25)
3. Jennifer Lyubke (AQSh) – 00:36:15.22 (+2:14.11)

Hamyurtimiz endi alohida start bo'yicha o'tkaziladigan sprint poygasida ham o'z omadini sinab ko'radi. Mazkur start Tokio Olimpiadasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ham taqdim etishi bilan ahamiyatli.

Читайте также:

Olga Zabelinskaya Sloveniyadagi musobaqada kumush medalga sazovor bo'ldi

Olga Zabelinskaya Belgiyadagi omnium musobaqasida oltin medalga sazovor bo'ldi

Olga Zabelinskaya omnium poygalarida bronza medalini qo'lga kiritdi

Olga Zabelinskaya Jenevadagi musobaqada sovrindor bo'ldi

Olga Zabelinskaya O'zbekiston uchun dastlabki oltin medalini taqdim etdi