23.10.2018, 19:50

Oksana Chusovitina Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etadi


25 oktyabr kuni Qatar poytaxti Doxa shahrida sport gimnastikasi bo'yicha jahon chempionati start oladi. Musobaqada jahonning etakchi sportchilari qatorida o'zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina ham ishtirok etadi.

Chusovitina ayni paytda musobaqa o'tkaziladigan Doxa shahriga etib borgan va bahslarga qizg'in tayyorgarlik ko'rmoqda. Chempionatda hamyurtimiz qatnashadigan tayanib sakrash bahslari 27-28 oktyabr kunlari o'tkazilsa, final bellashuvlari 2 noyabr kuni bo'lib o'tadi. Musobaqa 3 noyabrga qadar davom etadi.

Читайте также:

Oksana Chusovitina: «Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat»

Oltin! Chusovitina Tokiodagi Olimpiya o'yinlari uchun muhim qadamni tashladi

Oksana Chusovitina Parijdagi Jahon kubogida ishtirok etadi

43 yoshli Oksana Chusovitinaning Osiyo o'yinlaridagi chiqishi (foto+video)

Chexiyada akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati start olmoqda