28.09.2018, 15:20

Oksana Chusovitina Parijdagi Jahon kubogida ishtirok etadi


29-30 sentyabr kunlari Frantsiya poytaxti Parij shahrida sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi o'tkaziladi.

Musobaqada jahonning 20 mamlakatidan 40 nafardan ortiq sportchi ishtirok etadi. Jahon kubogida hamyurtimiz Oksana Chusovitina ham qatnashadi.

Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa Tokio 2020 Olimpiya o'yinlariga reyting ochkolarini beradi.

Milliy olimpiya qo'mitasi Jahon kubogi bahslarida sportchimizga omad tilaydi.

 

Читайте также:

Bugun dzyudochilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi

Dzyudochilarimizning jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi ma'lum

Badiiy gimnastikachilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashdi

43 yoshli Oksana Chusovitinaning Osiyo o'yinlaridagi chiqishi (foto+video)

Chexiyada akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati start olmoqda