29.10.2018, 09:40

Oksana Chusovitina jahon chempionatida finalga chiqdi


Xabar berib o'tganimizdek, Qatar poytaxti Doha shahrida sport gimnastikasi bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda. Musobaqada o'zbek sporti afsonasi Oksana Chusovitina ham ishtirok etmoqda. Hamyurtimiz tayanib sakrash mashqlarida 14,200 ball jamg'ardi va beshinchi natija bilan finalga yo'l oldi. Hal qiluvchi bahslar 2 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, sport gimnastikasi bo'yicha 48-marotaba tashkil etilayotgan ushbu jahon chempionati Tokio 2020 Olimpiya o'yinlari uchun dastlabki litsenzion musobaqa hisoblanadi.

Читайте также:

Jahon chempionati boshlandi: Chusovitina ikki yo'nalishda, Turobova esa ko'pkurash bahslarida ishtirok etadi

Oksana Chusovitina Qatardagi jahon chempionatida ishtirok etadi

Oksana Chusovitina: «Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat»

Oltin! Chusovitina Tokiodagi Olimpiya o'yinlari uchun muhim qadamni tashladi

Oksana Chusovitina Parijdagi Jahon kubogida ishtirok etadi