12.01.2019, 15:30

Og'ir atletikachilarimiz jahon chempionatiga tayyorgarlikning birinchi bosqichini yakunlashdi


Yil davomida og'ir atletika bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolarini mas'uliyatli musobaqalar kutib turibdi. Polvonlarimiz MOQ strategiyasi asosida turnirlarga tayyorgarlik ko'rishmoqda.

Og'ir atletikachilarimiz musobaqalarga tayyorgarlikning birinchi bosqichini 20 dekabr – 10 yanvar kunlari Chirchiq shahrida olib borishdi. Unda qatnashgan sportchilarimiz mart oyida o'tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rishdi.

O'quv-mashg'ulot yig'inlarida qizlarimizdan Kumushxon Fayzullaeva, Nigora Suvonova, Nigora Abdullaeva, Muattar Nabieva, Tursunoy Jabborova, Dolera Davronova, yigitlarimizdan esa Og'abek Nafasov, Mirhosil Mirzaboev, Asadbek Narimonov, Og'abek To'xtaev, Muhammadqodir Toshtemirov, Zaynobiddin Mahamadaminov, Akbar Imomnazarov kabi sportchilarimiz qatnashishdi. Ular bir necha kunlik tanaffusdan so'ng tayyorgarlikning navbatdagi bosqichiga kirishadilar.

Ma'lumot uchun, o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati shu yilning 8-15 mart kunlari AQShning Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.

Kattalar o'rtasidagi jahon birinchiligiga esa sentyabr oyida Tailandning Pattaya shahri mezbonlik qiladi.

Читайте также:

Og'ir atletika. Muattar Nabieva reyting musobaqasida mutloq g'oliblikni qo'lga kiritdi

Velosportchilarimiz Hindistonda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazadilar

Og'ir atletikachilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashdi

Og'ir atletikachilarimiz jahon chempionatiga tayyorlar

Ruslan Nuriddinov jahon chempionatida 109 kg vaznda qatnashadi