03.11.2018, 11:00

Og'ir atletikachilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashdi


Xabar berib o'tganimizdek, Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati start oldi. Avvalroq, O'zbekiston terma jamoasining musobaqada ishtirok etayotgan tarkibini ma'lum qilgandik.

Bugun polvonlarimiz jahon birinchiligidagi ishtiroklarini boshladilar. Yaqindagina o'smirlar Olimpiya o'yinlarida kumush medalni qo'lga kiritgan Muhammadqodir Toshtemirov kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida chiqish qildi. Hamyurtimiz -73 kg vazn toifasida «S» guruhidagi bahslarda ishtirok etdi va ettinchi natijani ko'rsatdi. Qayd etish lozimki, Muhammadqodir S guruhida bahslarga kirishgan 13 nafar atlet ichida yoshi eng kichik sportchi edi. Ammo, shunga qaramay u o'zidan yoshi katta bo'lgan polvonlardan ham yaxshiroq natija ko'rsata oldi. Umid qilamizki, o'smirlar Olimpiadasi sovrindori hisoblangan Muhammadqodir uchun bu hali boshlanishi. Uning zafarli yurishlari hali oldinda.

Bugun shuningdek, Adhamjon Ergashev va Muattar Nabievalar A guruhida g'oliblik uchun supachaga chiqadilar.

E'tiboringizga o'zbekistonlik sportchilarning jahon chempionatidagi ishtiroklari taqvimini havola qilamiz:

-73 kg: Muhammadqodir Toshtemirov (S guruhi, 3 noyabr)

-61 kg: Adhamjon Ergashev (A guruhi, 3 noyabr)

-67 kg: Doston Yoqubov (A guruhi, 4 noyabr)

-89 kg: Zaynobiddin Mahamadaminov (S guruhi, 6 noyabr)

-89 kg: Sunnatilla O'sarov (B guruhi, 6 noyabr)

-102 kg: Akbar Jo'raev (A guruhi, 8 noyabr)

-109 kg: Ruslan Nurutdinov (A guruhi, 9 noyabr)

+109 kg: Rustam Djangabaev (A guruhi, 10 noyabr)

Qizlar:

-55 kg: Muattar Nabieva (A guruhi, 3 noyabr)

-64 kg: Kumushxon Fayzullaeva (B guruhi, 5 noyabr)

-81 kg: Tursunoy Jabborova (A guruhi, 8 noyabr)

-87 kg: Dolera Davronova (B guruhi, 9 noyabr).

Читайте также:

Og'ir atletikachilarimiz jahon chempionatiga tayyorlar

Ruslan Nuriddinov jahon chempionatida 109 kg vaznda qatnashadi

Bekzod Abdurahmonov O'zbekistonga jahon chempionatidagi ilk medalni taqdim etdi

Argentinadan eksklyuziv. Kumush medal sohibi Muhammadqodir va uning ustozi muvaffaqiyatdan so'ng qanday fikrda?

Bizda navbatdagi medal: Muhammadqodir Toshtemtrov kumush medalga ega chiqdi!