11.12.2018, 08:30

Og'ir atletika. Muattar Nabieva reyting musobaqasida mutloq g'oliblikni qo'lga kiritdi


Shu kunlarda Misr poytaxti Qohira shahrida og'ir atletika bo'yicha qizlar o'rtasida xalqaro turnir o'tkazilmoqda. Musobaqaning ahamiyatli tomoni shundaki, atletlar ushbu musobaqa orqali Olimpiya o'yinlariga reyting ochkolarini jamg'aradilar. Turnirda yurtimiz sharafini Muattar Nabieva, Kumushxon Fayzullaeva, Dolera Davronova va Tursunoy Jabborovalar himoya qilishmoqda.

Quvonarlisi, bugun turnirda -55 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muattar Nabieva dast ko'tarishda 90 kg., siltab ko'tarishda esa 115 kg. toshni o'ziga bo'ysundirdi va oltin medal sohibasiga aylandi.

Ertaga o'tkaziladigan bahslarda Kumushxon Fayzullaeva (-64 kg) supachaga ko'tarilsa, 12 dekabr kuni Tursunoy Jabborova (-76 kg) va Dolera Davronova (-87 kg) medallar uchun kurash olib boradi.

Читайте также:

Og'ir atletika. Akbar Jo'raev dast ko'tarishda yoshlar o'rtasidagi jahon rekordini yangilab, oltin medalga ega chiqdi

Og'ir atletikachilarimiz jahon chempionatiga tayyorlar

Ruslan Nuriddinov jahon chempionatida 109 kg vaznda qatnashadi

Argentina-2018. Dolera Davronova bronza medali sohibasi

Kumushxon Fayzullaeva o'smirlar Olimpiadasi chempioni!