24.10.2018, 18:50

Og'ir atletika. Ashxoboddagi jahon chempionatida qatnashuvchilar soni rekord darajada bo'ladi


Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og'ir atletika bo'yicha bo'lib o'tadigan jahon chempionatida bir qator rekord natijalar qayd etilishi kutilmoqda. O'tgan galgi musobaqalarga qaraganda bu safargi jahon chempionatida ishtirokchi davlatlar va qatnashuvchi sportchilar soni rekord darajada (ya'ni 91 ta davlatdan 693 nafar sportchi) bo'ladi.

Bunga qadar eng ko'p davlat vakillari qatnashgan jahon chempionati Parij (87 ta) hamda qatnashuvchi sportchilar soni rekord darajada bo'lgani Gretsiyadagi (626 nafar) musobaqalarda qayd etilgan edi.

Mazkur musobaqa Yaponiyaning Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlari uchun zaruriy bo'lgan kvalifikatsion ochkolarni taqdim etadi.

Erkaklar o'rtasida 84-marotaba, ayollar o'rtasida esa 27-marotaba tashkil etilayotgan jahon chempionati 1 noyabrdan 10 noyabrgacha bo'lib o'tadi. Erkaklar -55, -61, -67, -73, -81, -89, -96, -102, -109 va +109 kg vazn toifalarida bellashadi. Ayollar o'rtasidagi bahslar esa -45, -49, -55, -59, -64, -71, -76, -81, -87, +87 kg vazn toifalarida o'tkaziladi.

Читайте также:

Ruslan Nuriddinov jahon chempionatida 109 kg vaznda qatnashadi

Oksana Chusovitina Parijdagi Jahon kubogida ishtirok etadi

Ayollar kurashi. Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida qizlarimiz kumush medalga sazovor bo'ldilar

Bugun dzyudochilarimiz jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlashadi

Chexiyada akademik eshkak eshish bo'yicha yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati start olmoqda