08.11.2018, 23:10

Og'ir atletika. Akbar Jo'raev dast ko'tarishda yoshlar o'rtasidagi jahon rekordini yangilab, oltin medalga ega chiqdi


Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida og'ir atletika bo'yicha jahon chempionati davom etmoqda. Bugun musobaqa doirasida -102 kg vazn toifasida bahslar o'tkazilmoqda va unda yurtimiz sharafini Akbar Jo'raev himoya qildi.

Hamyurtimiz dast ko'tarish bo'yicha bahslarining barcha urinishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirib, yakunda 180 kg. toshni o'ziga bo'ysundirdi va yoshlar o'rtasidagi jahon rekordini yangiladi.

Jo'raevning siltab ko'tarishdagi uchala urinishlari ham muvaffaqityali chiqdi. Akbar 200, 207 va 212 kg.dan iborat buyurtmalarni ko'tara oldi. Ammo bu urinishlar siltab ko'tarish mashqida to'rtinchi natija bo'ldi.

Ikki kurash yig'indisi bo'yicha ham Akbar Jo'raev to'rtinchi pog'onani zabt etdi. U uchinchi o'rinni egallagan eronlik sportchidan 1 kg. ortda qoldi. Oltin medal yana bir eronlik atletga nasib etgan bo'lsa, ukrainalik shtangacha kumush medalga ega chiqdi. Hamyurtimiz dast ko'tarish yo'nalishi oltin medalni qo'lga kiritdi.

Читайте также:

Og'ir atletika. Zaynobiddin Mahamadaminov o'z guruhida uchinchi bo'ldi

Og'ir atletika. Doston Yoqubov O'zbekistonga jahon chempionatidagi ilk medalni taqdim etdi

Og'ir atletika. Ergashev yoshlar o'rtasida jahon rekordini yangiladi

Bizda navbatdagi medal: Muhammadqodir Toshtemtrov kumush medalga ega chiqdi!

Ayollar kurashi. Yoshlar o'rtasidagi jahon chempionatida qizlarimiz kumush medalga sazovor bo'ldilar