24.09.2018, 19:40

OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Toshkentga tashrif buyurdi


Hozirgina yurtimizga Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa tashrif buyurdi.

Islom Karimov nomidagi «Toshkent xalqaro aeroporti»da ushbu martabali mehmonni O'FA 1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov boshchiligidagi mutasaddilar kutib olishdi. OFK prezidentining  tashrifidan maqsad, OFK Ijroqo'mining Toshkentda birinchi marotaba o'tkazilayotgan ytg'ilishida ishtirok etishdir.

26 sentyabr kuni Toshkent shahri ushbu yig'ilishga mezbonlik qiladi. Bugun shuningdek, yurtimizga OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon ham etib kelgan xaqida xabar berib o'tgan edik.

Poytaxtimiz bunday tadbirga birinchi marta mezbonlik qilayotganini alohida e'tirof etish kerak.  OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishining aynan yurtimizda o'tkazilishi, OFK hamda O'FA o'rtasidagi aloqalar mustahkamligi yo'lida navbatdagi qadam vazifasini o'tab beradi.

Yig'ilish Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida o'tkaziladi.

Читайте также:

OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishi munosabati bilan Toshkentga martabali mehmonlar tashrif buyurishmoqda

Andijonda mini-futbol maydonchasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

FIFA vakili «Forward» dasturi bo'yicha yurtimizga tashrif buyurdi

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Toshkentda 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Umid Ahmadjonov Ektor Kuper bilan uchrashdi