24.09.2018, 15:40

OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishi munosabati bilan Toshkentga martabali mehmonlar tashrif buyurishmoqda


O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse Prezidenti Umid Ahmadjonov hamda Osiyo futbol konfederatsiyasi Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifaning Rossiyadagi Jahon chempionati paytidagi uchrashuvlari chog'ida OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishini Toshkentda o'tkazish uchun kelishib olishgan edi.

26 sentyabr kuni Toshkent shahri ushbu yig'ilishga mezbonlik qiladi. Shu munosabat bilan 24-25 sentyabr kunlari FIFA hamda OFKning martabali mehmonlari Toshkent shahriga tashrif buyurishadi. Ayni vaqtda OFK Bosh kotibi Dato Vindsor Jon Toshkentga etib keldi. Bugun soat 18:30 da yana bir martabali mehmon — OFK Prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa poytahtimizga tashrif buyuradi.

Poytaxtimiz bunday tadbirga birinchi marta mezbonlik qilmoqda. OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishining aynan yurtimizda o'tkazilishi, OFK hamda O'FA o'rtasidagi aloqalar mustahkamligi yo'lida navbatdagi qadam vazifasini o'tab beradi.

Yig'ilish Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida o'tkaziladi.

 

Читайте также:

O'zbekiston – KXDR o'yini 13 oktyabr kuni Toshkentda o'tkaziladi

Andijonda mini-futbol maydonchasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

O'zbekiston MTJ Toshkentda Osiyo grandiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Toshkentda 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

PFL va La liga hamkorligi doirasidagi 2018 yil so'nggiga qadar rejalashtirilgan tadbirlar rejasi