18.08.2018, 20:11

OFK dasturi asosida Andijon va Qo'qonda mini-futbol maydonlari barpo etildi

2017 yilning so'ngida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi 1-vitse prezidenti Umid Ahmadjonov Osiyo Futbol Konfederatsiyasi prezidenti Shayx Salmon bin Ibrohim al-Xalifa bilan rasmiy uchrashuv o'tkazgan edi.   Uchrashuvda mamlakatimizda futbolni rivojlantirishga asoslangan turli loyihalar bo'yicha o'zaro hamkorlik masalalari muhokama qilingan hamda OFK tomonidan O'zbekistonda bolalar uchun mo'ljallangan sun'iy qoplamali mini-futbol maydonchalari barpo etilish uchun mablag' ajratilishiga kelishilgan edi.   Ushbu kelishuvga asosan Osiyo futbol konfederatsiyasi tomonidan bir qator qurilish kompaniyalari o'rtasida maxsus tender o'tkazildi. Tenderda sport inshootlarini barpo qilish bo'yicha katta tajribaga ega bo'lgan Italiyaning “Limonta Sport” kompaniyasi g'olib chiqdi.   “Limonta Sport” kompaniyasi mutaxassislari yurtimizga tashrif buyurib, Andijon va Qo'qon shahrida mini-futbol maydonlarining qurilish ishlarini boshlab yuborganlari haqida avval xabar berib o'tgandik. 

Bugunga kelib Andijon va Qo'qonda qurilish ishlari yakunlandi. Shu yilning 25 avgust kuni mahalliy hokimiyat vakillari va O'FA mutasaddilari ishtirokida mini-futbol maydonchalarining ochilish marosimi o'tkaziladi va ular foydalanishga topshiriladi. 

Mini futbol maydonchalari joylashgan hududning avvalgi holati:





Yangi barpo etilgan mini-futbol maydonchalari





Mavzu bo'yicha:

FIFA vakili «Forward» dasturi bo'yicha yurtimizga tashrif buyurdi

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Toshkentda 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Jasur Matchanov: «Sport ekipirovkalari bo'yicha Xitoy kompaniyasi tanlandi»

O'FA bo'lim boshlig'i Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan murabbiylik kurslarida tahsil olmoqda

PFL va La liga hamkorligi doirasidagi 2018 yil so'nggiga qadar rejalashtirilgan tadbirlar rejasi