04.08.2018, 21:04

OChL-2018. Bugun 1/16 final bosqichi start oladi


Bugun Osiyo chempionlar ligasining 1/16 final bosqichiga start beriladi.

O'zbekiston klublarisiz o'tadigan pley-off bosqichida bir qator qiziqarli o'yinlar bo'lib o'tadi.

Bugun “S” guruhida birinchi o'rinni egallagan “Persepolis” klubi “A” guruhida ikkinchi bo'lgan “Al Jazira” maydoniga safar qilsa, “As Sadd” o'zida Jiddaning “Al Ahli”sini qabul qiladi.

Ertaga esa Eron klublarining o'zaro to'qnashuviga guvoh bo'lamiz. Hamyurtimiz Server Jeparov jamoasi - “Istiqlol” “V” guruhida “Lokomotiv”ni qoldirib ketgan “Zobahan”ga qarshi bahs yuritadi. Abu-Dabining “Al Ayn” klubi o'zida Qatarning “Al Duhail” jamoasini qabul qiladi.

Sharq mintaqasida ham Xitoy klublari o'zaro ro'baro keladilar. “Tyantszin Syuantszyan” o'zida Xitoyning amaldagi chempioni “Guanjou Evergrand”ni mehmon qiladi.

Terma jamoamiz sardori Odil Ahmedovning “Shanxay SIPG” klubi “Kashima Antlers” mehmoni bo'ladi. Pley-offni Janubiy Koreya klublari o'rtasidagi “Ulsan Xyunday” – “Suvon Blyuvings” uchrashuvi yakunlab beradi.

OChL-2018, 1/16 final

7 may

20:30. “Al Jazira” – “Persepolis”
21:15. “As Sadd” – “Al Ahli”

8 may

16:00. “Buriram” – “Chonbuk Motors”
16:30. “Tyantszin Syuantszyan” – “Guanjou Evergrand”
19:45. “Zobahan” – “Istiqlol”
21:00. “Al Ayn” – “Al Duhail”

9 may

15:00. “Kashima Antlers” – “Shanxay SIPG”
16:00. “Ulsan Xyunday” – “Suvon Blyuvings”

 

Читайте также:

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogida guruhdan chiqsa, kim bilan bellashadi

OChL 1/8 finalining barcha ishtirokchilari ma'lum bo'ldi (foto)

OChL-2018: «Lokomotiv» – «Zob Ahan» bahsini koreyalik hakamlar boshqarib borishadi

OChL. Bugun «Nasaf» guruh bosqichida so'nggi o'yinini o'tkazadi

OChL. «Lokomotiv» bugun «Zob Ahan»ga qarshi muhim o'yin o'tkazadi