25.08.2018, 09:40

OAV diqqatiga: O'zbekiston MTJning Suriya va Eronga qarshi o'rtoqlik o'yinlariga akkreditatsiya jarayoni boshlandi


O'zbekiston milliy terma jamoasi shu yilning sentyabr oyidagi FIFA kunlarida Suriya va Eron milliy terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida avval xabar berib o'tgandik. Mazkur o'rtoqlik o'yinlari uchun akkreditatsiya jarayoni boshlanganini ma'lum qilamiz.

O'zbekiston professional futbol ligasining Superliga o'yinlariga kirish huquqini beruvchi akkreditatsiyasiga ega bo'lgan jurnalistlar Suriya va Eronga qarshi o'rtoqlik o'yinlari uchun akkreditatsiyaga hujjat topshirishlari shart emas. Ular O'zbekiston – Suriya uchrashuvidan oldin tashkil qilinadigan matbuot anjumanida PFL akkreditatsiyasini ko'rsatgan holda o'rtoqlik o'yinlari uchun chiqarilgan akkreditatsiyani olishlari mumkin.

PFL akkreditatsiyasiga ega bo'lmagan, ammo o'rtoqlik uchrashuvlarini bevosita stadionning o'zida yoritishni maqsad qilgan barcha turdagi OAV vakillari o'z tashkilotlari nomidan rasmiy blankadagi xatni va jurnalistlar ro'yxatini 1 sentyabr kuniga qadar O'FA matbuot xizmati elektron pochtasiga (info@ufa.uz) jo'natishlari talab etiladi.

Читайте также:

Ektor Kuper: «Olimpiya terma jamoasi? Albatta, kuzatyapman»

Kuper boshchiligidagi O'zbekiston MTJ yig'inga kirishdi. Futbolchilar orasida Sergeev ham bor

O'zbekiston MTJ Toshkentda Osiyo grandiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Toshkentda 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston MTJ 22 avgustdan boshlab Toshkentda yig'inga kirishadi