Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 22:14
KirishRo'yxatdan o'tish
O'zbekiston taekvondo WT associaciyasidan o'zbekona mehmondo'stlik
  23 Fevral, 17:25  1

.

O'zbekona mehmondo'stlik.

Albatta bu borada ko'proq boshqa sohalar tushuniladi lekin Taekvondo WT bo'yicha mamlakatimizda asosiy tarkib sportchilarimiz bilan yig'inni o'tkazayotgan Ukraina, Gruziya va afg'onistonlik ko'zga ko'ringan taekvondochilar uchun bugun o'zgacha kun buldi desak xato qilmagan bo'lamiz.

CHet ellik sportchilarga O'zbekiston taekvondo associaciyasi boy milliy merosimiz, turli ananalarimiz, xilma-xil mevalardan tortib, bir-biridan shirin taomlarni,  hunarmadlik asosida qo'l mehnati bilan tayyorlangan ishlarining ko'rgazamasini tashkil etishdi. Kutilmagan va ajoyib tadbir chet ellik sportchilaru, murabbiylarni lol qoldirgani bor gap. Bir piyola choy ustida ular dildan suhbatlashishdi. Mashg'ulotlardan keyingi ruhiy toliqish va jismoniy zo'riqishni yo'qotish uchun ularga milliy raqs namunalari ijro etgan sportchilarimizni ko'rib ko'zingiz quvnaydi. Albatta mashg'ulotlar o'z yo'liga, lekin qaysi bir mehmon kelmasin biz hamisha qo'limiz ko'ksimizda ularni mehr bilan qarshi olamiz. Bu hol bugungi tadbirda ham o'z aksini topdi. Tadbir yakunida mehmonlarga O'zbekiston tarixini o'zida aks ettiruvchi esdalik sovg'alari taqdim etildi.   

Sayyohlik va turizm iqtisodiy rivojlanishning drayveri yani harakatlantiruvchi kuchi ekani va bu ijtimoiy rivojlanishga keng yo'l ochishi shubhasiz. Demak sportda ham bu davom ettirilsa ijobiy samaraga erishilishi shubhasiz. Buni bugun tashkil etilgan tadbir ham isbotlab turibdi.

TADBIRDAN VIDEONI TOMOSHA QILING

O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi matbuot xizmati


Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»