Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 12:53
KirishRo'yxatdan o'tish
O'zbekiston Stol tennisi Federaciyasi va O'zDJTSU o'rtasida memorandum imzolandi
  8 Aprel, 21:05  5

.

Bugun O'zbekiston davlat Jismoniy tarbiya va sport universitetida O'zbekiston Stol tennisi Federaciyasining Toshkent viloyati bo'limi hamda universitet o'rtasida o'zaro hamkorlik Memorandumini imzolashga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda O'zbekiston Stol tennisi Federaciyasining Toshkent viloyati bo'limi raisi o'rinbosari Coy Georgiy Vladimirovich, Yuqori CHirchiq tumani bolalar - o'smirlar sport maktabi direktori Xalikova Olga Andreevna, Yuqori CHirchiq tumani bolalar - o'smirlar sport maktabi ayollar terma jamoasi bosh  murabbiysi Ismailova Alie Rutemovna, universitet rektori, professor Boltabaev Mahmudjon Rustamovich,  Sport o'yinlari fakulteti dekani Dusanov Noryigit Ernazarovich, “Tennis, badminton nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri Usmanov Kobiljon Kamilovich hamda Yuqori CHirchiq tumani bolalar - o'smirlar sport maktabi o'quvchilari ishtirok etishdi.

Federaciyaning Toshkent viloyati bo'limi va universitetning o'zaro kelishuvi doirasida stol tennisi bo'yicha mutaxassislarini jalb etgan holda qisqa o'quv ko'rslarini tashkil etish, stol tennisi sport turiga oid ilmiy risolalar chop etishni yo'lga qo'yish ham kelishib olindi. 

Universitetda 2020-2021 o'quv yillidan boshlab stol tennisi bakalavir  talim yo'nalishi ochildi va jami 71 nafar talaba qabul qilindi. SHulardan 26 nafari kunduzgi, 26 nafari sirtqi, 19 nafari maxsus sirtqi talimda tahsil olmoqda. Talabalarining 3 nafari O'zbekiston chempioni hisoblanadi. 

Universitetga federaciyaning Toshkent viloyati bo'limi tomonidan Germaniyaning “DONIC” firmasida ishlab chiqilgan 50 million so'mlik 6 dona stol tennisi stoli berildi.  

Uchrashuv yakunida tomonlar bir-birlariga esdalik sovg'alar taqdim etishdi. 

O'zDJTSU matbuot xizmati














Manba: olamsport.com

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»