16.01.2019, 15:00

O'zil Madridga qaytishi mumkin


«Arsenal» yarim himoyachisi Mesut O'zil Madridga qaytishi mumkin. «El Gol Digital» manbasining xabar berishicha, «Atletiko» O'zil uchun 18 mln funt sterling (20,2 mln evro) taklif qilgan.

Ayni damda «Arsenal» 30 yoshli futbolchi uchun takliflarni ko'rib chiqishga tayyor, ammo O'zilning maoshi kattaligi uning sotilishiga xalal berishi mumkin. Futbolchi ayni damda haftasiga 350 ming funt oladi.

OAV xabarlariga ko'ra, O'zil faoliyatini A seriyada ham davom ettirishi mumkin. Unga «Yuventus» va «Inter» da'vogar.

Читайте также:

«Arsenal» O'zilning o'rniga yarim himoyachi topdi

Emeri O'zilni «Arsenal»dan ketkazib yubormoqchi

«PSJ» «Yuventus»ning rejalarini buzib yubormoqchi

Xames Rodriges faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

«Yuventus» Pogbani ortga qaytarishga tayyor