29.03.2019, 21:40

O'zbekistonlik yana bir engilmas bokschi chempionlik kamari uchun ringga chiqadi

Professional boksning engil (-61,23 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o'zbekistonlik Ravshanbek Umurzoqov (7-0, 6 KO) o'zining navbatdagi jangida chempionlik kamari uchun ringga chiqadi. Bu haqda GoSport.uz internet-nashri manbalari xabar bermoqda.

Unga ko'ra, Umurzoqov 13 aprel kuni filippinlik Roberto Gonsalesga (28-4, 17 KO) qarshi jang qiladi. Mazkur to'qnashuv WBA Asia chempionlik kamari uchun kechadi. Jang Moldova mamlakatidagi Engil atletika yopiq manejida bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot uchun, 28 yoshli Gonsales turli yillarda 4 marta mintaqaviy chempionlik kamarlari uchun ringga chiqqan, biroq ularning ikkitasida mag'lub bo'lgan bo'lsa, ikkitasida g'alaba qozongan.

Eslatib o'tamiz, Ravshanbek Umrzoqov so'nggi marta 22 fevral kuni Ekaterinburgda bo'lib o'tgan boks oqshomida ringga chiqib, boshqa bir filippinlik bokschi Rimar Metudani (12-5-1, 7 KO) 4 raundda nokautga uchratib, g'alaba qozongandi.

Mavzu bo'yicha:

Isroil Madrimov engilmas jahon chempioniga qarshi ringga chiqmoqchi

Bahodir Jalolov jiddiy raqibga qarshi jang qiladi

Shahram G'iyosovning sakkizinchi jang sanasi ma'lum bo'ldi

Shohjahon Ergashevdan WBA kamari olib qo'yildi

Isroil Madrimov debyut jangidayoq chempionlik kamari uchun ringga chiqadi