11.07.2019, 21:20

O'zbekistonlik tennischi yigitlar Butunjahon talabalar universiadasida finalga chiqdi


Italiyaning Neapol shahrida Butunjahon talabalari o'rtasida o'tkazilayotgan Universiada-2019 o'yinlari davom etmoqda. Musobaqaning juftlik va yakkalik bahslarida ketma-ket zafar quchib kelayotgan tennischi yigitlarimiz Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziev bugun yana bir muhim g'alabani qo'lga kiritishdi.

Erkaklar o'rtasidagi juftlik bahslarining yarim final o'yinida xitoylik Xao Vu va Shuai Xuga qarshi kortga chiqqan vakillarimiz 7/6 (2), 6/2 hisobida zafar quchib, universiadaning finaliga yo'l olishdi.

Musobaqaning juftlik bahslarini ikkinchi davradan boshlagan Humoyun Sultonov va Sanjar Fayziev dastlabki o'yinda tailandlik tennischilarni, to'rtinchi davrda Janubiy Afrika hamda chorak finalda Xitoy Taypeyi vakillarini mag'lubiyatga uchratishgan edi.

Ertaga, 12 iyul kuni o'tkazilayotgan final o'yinida vakillarimiz koreyalik Seochan Hong va Sanhui Shin juftligiga qarshi kortga tushadilar.

Hal qiluvchi bahsda ham yigitlarimizdan g'alaba kutib qolamiz.
 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 

Matbuot xizmati

Читайте также:

Universiada-2019. Tennischi yigitlarimiz yakkalik bahslarida chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi

Tennischilarimiz muvaffaqiyatli odimlamoqda

Tennischilarimiz xalqaro turnirni g'alaba bilan boshladi

Namanganda xalqaro turnir davom etmoqda

Qozog'istonda o'zbek derbisi o'tkazilad