13.07.2019, 10:30

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi “Metallurg U-21” bilan o'yin o'tkazdi


Noyabrda U-19 Osiyo Chempionati-2020 saralash bahslari o'tkaziladi. Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan saralash bahslariga tayyorgarlik olib borayotgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasi poytaxtimizda yig'in o'tkazmoqda.

Otabek G'ulomxo'jaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi mazkur yig'in doirasidagi dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Unda terma jamoamizga “Metallurg U-21” jamoasi raqiblik qildi. O'yin “Bunyodkor” akademiyasi maydonida tashkil etildi. Qiziqarli tarzda kechgan uchrashuvda bekobodliklar Mahmud Qudratullaev tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga g'alaba qozonishdi. 

O'zbekiston yo.t.j. – “Metallurg U-21” 0:1

Bosh hakam: Asker Najafaliev.

Gol: Mahmud Qudratullaev (14). 

O'zbekiston yo.t.j: Mo'minmirzo Qodirov, Eldor Begimov, Javohir Jo'raev, Shoxjahon Sultonmurodov, Doston Tursunov, Ulug'bek Aknazarov, Davron Anvarov, Muzaffar Olimjonov, Otabek Jo'raqo'ziev, Bo'ronbek Mirzasalimov, Bobur Sabirov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Islom Abdullaxonov, Xurshid Ubaydullaev, Asliddin Toshtemirov, Abdurauf Bo'riev, Asilbek Obidov, Abdulloh G'aybulloev, Asilbek Qayumov.

Ikkinchi o'yinda esa terma jamoamizga Tojikistonning “Ho'jand” klubi raqiblik qiladi. Mazkur bahs 15 iyul kuni Bekobodda bo'lib o'tadi. Yig'in doirasidagi oxirgi uchrashuv esa 17 iyul sanasida TTYMI stadionida “Lokomotiv” bilan tashkil etiladi.

Ta'kidlash joiz, mazkur o'quv-mashg'ulot yig'ini 18 iyul sanasiga qadar davom etadi. 

Читайте также:

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi poytaxtimizda yig'in boshladi

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi poytaxtimizda yig'in o'tkazadi

O'zbekiston yoshlar termasi Andijon va Namanganda Berlin U-18 bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

U-16 Osiyo chempionati saralash bahslari Toshkentda bo'lib o'tadi

O'zbekiston U-18 terma jamoasining yig'ini yakuniga etdi