26.08.2018, 22:50

O'zbekiston U-21 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada qatnashadi


O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi turli yoshdagi terma jamoalarga bo'lajak musobaqalarga tayyorgarlik ko'rish uchun shart-sharoitlarni yaratib bermoqda.

Jumladan, Sunnatilla Abdurasulov boshchiligidagi O'zbekiston U-21 terma jamoasi 25 avgustdan 31 avgust kuniga qadar “Chig'atoy” sport bazasida tashkil qilinayotgan yig'inda ishtirok etadi. Yig'in davomida U-21 terma jamoasiga nomzod futbolchilar saralab olinadi. Yig'in nihoyasiga etgach terma jamoa a'zolari 1 sentyabr kuni Xitoyga jo'nab ketadi.

Xitoyning Kunmin shahrida futbolchilarimiz Myanma, Tojikiston va Xitoy U-21 terma jamoalari bilan xalqaro musobaqada kuch sinashadi. Ushbu xalqaro musobaqa terma jamoamiz vakillari uchun navbatdagi Osiyo chempionatining saralash bosqichiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

Читайте также:

O'zbekiston milliy terma jamoasi 20 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

O'zbekiston MTJ Toshkentda Osiyo grandiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston MTJ 22 avgustdan boshlab Toshkentda yig'inga kirishadi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamdagi xalqaro musobaqada ishtirokini yakunladi

«Vinaphone-2018» xalqaro musobaqasi.O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ikkinchi turda mag'lubiyatga uchradi