26.08.2018, 23:00

O'zbekiston U-18 terma jamoasi oktyabrda Frantsiya, Belgiya va Shotlandiyaga qarshi o'ynaydi

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi turli yoshdagi terma jamoalar uchun bo'lajak musobaqalarga munosib tayyorgarlik olib borish uchun  barcha shart-sharoitlarni yaratib berishda davom etadi.

Avvalroq, O'zbekistonning U-21 va U-14 terma jamoalari Xitoydagi xalqaro musobaqada ishtirok etishi haqida xabar berib o'tgandik.

Otabek G'ulomxo'jaev murabbiyligidagi O'zbekiston U-18 terma jamoasi oktyabr oyida Ispaniyaning Malaga shahrida o'tkaziladigan xalqaro musobaqada qatnashadi.

Ushbu musobaqada O'zbekiston O'zbekiston U-18 terma jamoasi 3 ta bahsda maydonga tushadi. 10 oktyabr kuni birinchi bahsda vakillarimizga Frantsiya U-18 terma jamoasi raqiblik qilsa, 13 oktyabr kuni Belgiyaga qarshi bahs olib boriladi. Musobaqadagi so'nggi o'yin 15 oktyabr kuni Shotlandiya U-18 terma jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi.

Xalqaro musobaqa

Malaga, Ispaniya

10 oktyabr Frantsiya U-18 – O'zbekiston U-18

13 oktyabr O'zbekiston U-18 – Belgiya U-18

15 oktyabr O'zbekiston U-18 – Shotlandiya U-18

Mavzu bo'yicha:

O'zbekiston U-21 terma jamoasi Xitoydagi xalqaro musobaqada qatnashadi

O'zbekiston milliy terma jamoasi 20 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

O'zbekiston MTJ Toshkentda Osiyo grandiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamdagi xalqaro musobaqada ishtirokini yakunladi

«Vinaphone-2018» xalqaro musobaqasi.O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ikkinchi turda mag'lubiyatga uchradi