17.12.2018, 22:30

O'zbekiston terma jamoasi Turkiya bilan o'ynamaydi, ammo...


O'zbekiston MTJ Turkiyada Afg'oniston bilan o'ynashi yolg'on ma'lumot. Bu haqda O'FA Matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Bir oz avval yurtimidagi ba'zi ommaviy axborot vositalarida ayni paytda Turkiyada yig'in o'tkazayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi 28 dekabr kuni Afg'oniston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazishi haqida xabarlar paydo bo'ldi.

Mazkur xabarlarga manba sifatida Turkmaniston futbol federatsiyasining rasmiy sayti ko'rsatilgan. O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi bu xabar noto'g'ri ekanligini ma'lum qiladi.

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Afg'oniston bilan o'rtoqlik o'yini O'TKAZMAYDI. Turkiyadagi yig'in davomida bitta nazorat uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Bu nazorat uchrashuvi yopiq tarzda bo'lib o'tadi. Qaysi jamoaga qarshi nechanchi sanada o'tkazilishi O'FA rasmiy sayti orqali ma'lum qilinadi.

O'z o'rnida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi yurtimizdagi ommaviy axborot vositalaridan O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan bog'liq aniq va to'g'ri ma'lumotlarni faqat tashkilot rasmiy saytidan yoki ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahiflaridan olishni tavsiya qiladi. 

Boshqa manbalarda berilgan O'FA bilan bog'liq xabarlarni yoritishda O'FA Matbuot xizmati bilan bog'lanib, xabarning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligini tekshirib olishni ham so'rab qoladi”, deyiladi O'FA xabarida.

Читайте также:

Osiyo Kubogi - 2019dagi raqibimiz Turkmaniston musobaqaga tayyormi?

Ektor Kuper bilan matbuot anjumani tashkil etiladi

O'zbekiston – KXDR o'yini 13 oktyabr kuni Toshkentda o'tkaziladi

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Afg'oniston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

O'zbekiston – Suriya uchrashuvi oldidan matbuot anjumani 5 sentyabr kuni bo'lib o'tadi