12.07.2019, 11:00

O'zbekiston terma jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon kubogiga yo'l oldi


Polshada mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida Jahon kubogi bahslari bo'lib o'tishi haqida xabar bergan edik.

Unda Jamshid Asadov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jahon kubogi bahslarining guruh bosqichiga tashlangan qur'a natijalariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi musobaqaning "C" guruhidan o'rin olgan va guruhda Ispaniya, Vetnam, Rossiya, Latviya, Sloveniya, Belarus terma jamoalari bilan bahs olib boradi.

Bugun tongda terma jamoamiz vakillari Polshaga yo'l oldi. Terma jamoa bosh murabbiyi Jamshid Asadov safar oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

- Terma jamoamiz mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasida Jahon kubogida ishtirok etish uchun Polshaga yo'l olmoqda. Barchadan bizni qo'llab-quvvatlashini va duo qilib turishlarini so'rayman. Bu bizga yanada kuch berishiga aminman. Biz ham o'z navbatida butun xalqimizning ishonchini oqlashga va barchani g'alaba bilan xushnud etishga urinamiz. Maqsadimiz – chempion bo'lib qaytish, - dedi mutaxassis.

Читайте также:

O'FA rahbariyati mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon kubogida qatnashadigan O'zbekiston terma jamoasi bilan uchrashdi

«Butun o'zbek xalqi siz bilan!» – Ravshan Ermatov

O'zbekiston terma jamoasi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o'rtasidagi Jahon kubogida ishtirok etadi

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston TJ xalqaro musobaqada ishtirok etadi

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan iborat O'zbekiston terma jamoasining Turkiyadagi yig'ini yakunlandi