03.09.2018, 09:30

O'zbekiston – Suriya uchrashuvi oldidan matbuot anjumani 5 sentyabr kuni bo'lib o'tadi


Xabaringiz bor, 6 sentyabr kuni Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bu O'zbekiston milliy terma jamoasining argentinalik murabbiy qo'lostidagi ilk o'rtoqlik o'yini bo'ladi. 

Mazkur uchrashuv oldidan 5 sentyabr kuni “Milliy” stadionning matbuot anjumanlari zalida har ikki terma jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tadi.

Anjuman soat 11:00da boshlanadi. Matubot anjumanidan keyin ommaviy axborot vositalari xodimlariga o'rtoqlik o'yinlari uchun akkreditatsiyalar taqdim qilinadi. 

Eslatib o'tamiz, muxlislar O'zbekiston - Suriya uchrashuvi chiptalari "Milliy" stadioni kassalaridan xarid qilishlari mumkin. Chiptalar savdosi davom etmoqda.

Читайте также:

O'zbekiston MTJ - Suriya MTJ o'rtoqlik uchrashuvi chiptalari sotuvi davom etmoqda

O'zbekiston – Suriya o'rtoqlik o'yinlari chiptalari 29 avgustdan sotuvga chiqadi

O'zbekiston milliy terma jamoasi 20 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Toshkentda 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Ektor Kuper 6 avgust kuni yurtimizga etib keladi