08.08.2018, 09:41

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnamdagi xalqaro musobaqada ishtirokini yakunladi


Ravshan Haydarov boshchiligidagi olimpiya terma jamoasi Indoneziyadagi Osiyo o'yinlariga tayyorgarli ko'rayotgani sabab Vetnamdagi xalqaro musobaqaga Sunnatillo Abdurasulov boshchiligida O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilar borgani haqida ma'lumot bergan edik.

Musobaqaning so'nggi o'yinida O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Vetnam bilan 1-1 hisobidagi durang qayd etib, musobaqaning umumiy jadvalida 2 ochko bilan 3-o'rinni egalladi. Eslatib o'tamiz, birinchi tur o'yinida Ummon olimpiya terma jamoasiga qarshi 1-1 hisobidagi durang qayd etilgan bo'lsa, Falastin OTJga qarshi o'yinda O'zbekiston OTJ 2-1 hisobida mag'lub bo'lgan edi.

Vetnamdagi xalqaro musobaqa O'zbekiston olimpiya terma jamoasiga nomzod bo'lgan futbolchilarni sinovdan o'tkazish, ularga xalqaro o'yinlar tajribasini taqdim qilish va saralab olish vazifasini bajarib beradi.

Читайте также:

Ektor Kuper nega O'zbekiston taklifiga rozi bo'lganini tushuntirdi

«Vinaphone-2018» xalqaro musobaqasi.O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ikkinchi turda mag'lubiyatga uchradi

Ravshan Haydarov boshchiligidagi O'zbekiston OTJ Toshkentda yig'inga kirishdi

Ektor Kuper 6 avgust kuni yurtimizga etib keladi

O'zbekiston terma jamoasining Osiyo kubogi -2019 taqvimi ma'lum bo'ldi