13.08.2018, 17:30

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Toshkentda 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi


Ma'lumki, kuz oylarida bir qator FIFA kunlari mavjud. Mazkur kunlardan unumli foydalanish maqsadida, Toshkentda O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.   MOQ Prezidenti va O'FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning bir qator futbol assotsiatsiyalar bilan o'zaro imzolagan memorandumlari asosida, shuningdek, FIFA prezidenti Janni Infantino va AFC prezidenti Shayx Salmon Ibrohim bin Xalifa ko'magi yordamida Osiyoning bir qator terma jamoalari bilan Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi.   Jumladan, 6 sentyabr kuni poytaxtimizdagi “Milliy” stadionida O'zbekiston milliy terma jamoasi Suriyaga qarshi bahs olib boradi. O'yin muxlislar uchun qulay bo'lgan payt soat 20:00da boshlanadi.   Bundan tashqari, oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan ham unumli foydalanish rejalashtirilgan. 13 oktyabr kuni Shimoliy Koreya bilan, 16 oktyabr kuni esa Qatar terma jamoasiga qarshi Toshkentda o'rtoqlik o'yinlari bo'lib o'tadi.   Ektor Kuper mazkur o'yin orqali O'zbekiston terma jamoasining asosiy tarkibini shakllantirib boradi.   Hozirda qolgan FIFA kunlarida  ham O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun o'rtoqlik o'yini tashkil qilish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Jumladan, Eron futbol federatsiyasi bilan o'tkazilayotgan muzokaralar ijobiy yakuniga etsa, 11 sentyabr kuni yurtimizdagi futbol muxlislari Osiyoning ushbu grand jamoasini Toshkentda ko'rishlari mumkin bo'ladi.

Читайте также:

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston MTJ 22 avgustdan boshlab Toshkentda yig'inga kirishadi

«Vinaphone-2018» xalqaro musobaqasi.O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ikkinchi turda mag'lubiyatga uchradi

Ektor Kuperning O'zbekiston MTJga murabbiy bo'lishi jahon axborot olami nigohida

Ektor Kuper haqida jahonga mashhur axborot agentliklari xabar berishda davom etishmoqda

O'FA bo'lim boshlig'i Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan murabbiylik kurslarida tahsil olmoqda