26.08.2018, 14:50

O'zbekiston milliy terma jamoasi 20 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi


O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa uchun kuchli termalar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil qilish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. 

Sentyabr va oktyabr oylaridagi FIFA kunlaridan maksimal tarzda foydalanib, 4ta terma jamoa bilan Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida kelishuvga erishilgani haqida avval xabar berib o'tgandik. 

Jumladan, Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz 6 sentyabr kuni Suriya, 11 sentyabr kuni Eron, 13 oktyabr kuni Shimoliy Koreya va 16 oktyabr kuni Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda o'rtoqlik o'yinlari o'tkazadi.

Noyabr oyidagi FIFA kunlaridan ham unumli foydalanish maqsadida, Osiyoning kuchli terma jamoalari bilan muzokaralar olib borildi. Natijada, 20 noyabr kuni Janubiy Koreya milliy terma jamoasi bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazish bo'yicha kelishuvga erishildi. Uchrashuv Avstraliya mamlakatida bo'lib o'tadi. 

Noyabr oyida ob-havo sovuq kelishini inobatga olib, ko'plab terma jamoalar Osiyo Kubogiga Avstraliyada tayyorgarlik ko'rishga qaror qilgan. O'zbekiston milliy terma jamoasi ham aynan shunday tayyorgarlik doirasida Janubiy Koreya bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadi. O'zbekiston "F" Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Читайте также:

OAV diqqatiga: O'zbekiston MTJning Suriya va Eronga qarshi o'rtoqlik o'yinlariga akkreditatsiya jarayoni boshlandi

Kuper boshchiligidagi O'zbekiston MTJ yig'inga kirishdi. Futbolchilar orasida Sergeev ham bor

O'zbekiston MTJ Toshkentda Osiyo grandiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Toshkentda 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Ektor Kuper boshchiligidagi O'zbekiston MTJ 22 avgustdan boshlab Toshkentda yig'inga kirishadi