21.09.2018, 15:00

O'zbekiston – KXDR o'yini 13 oktyabr kuni Toshkentda o'tkaziladi


O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan maksimal tarzda foydalanib, 2 ta terma jamoa bilan Toshkentda o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida kelishuvga erishgani haqida avval xabar berib o'tgandik.

6 sentyabr kuni Suriya, 11 sentyabr kuni esa Eron terma jamoasi bilan bellashgan Ektor Kuper boshchiligidagi terma jamoamiz, 13 oktyabr kuni soat 20:00 da Toshkentdagi “Milliy” stadionida KXDR terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

16 oktyabrda o'tkazilishi mo'ljallangan O'zbekiston – Qatar milliy terma jamoalari o'rtasidagi bahs ham soat 20:00 da “Milliy” stadionida o'tkaziladi.

O'FA Osiyo kubogi hamda 2022 yil Qatarda bo'lib o'tadigan Jahon chempioantlari saralash uchrashuvlariga tayyorgarlik doirasida navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish uchun muzokaralar olib borishda davom etadi.

Eslatib o'tamiz, Osiyo Kubogi kelasi yilning yanvar oyida Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadi. O'zbekiston "F" guruhida Yaponiya, Ummon va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Читайте также:

Ertaga «Milliy» stadionida O'zbekiston – Suriya o'yini oldidan matbuot anjumani o'tkaziladi

Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Afg'oniston bilan o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

O'zbekiston milliy terma jamoasi 20 noyabr kuni Janubiy Koreyaga qarshi o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

O'zbekiston MTJ Toshkentda Osiyo grandiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi

O'zbekiston Milliy terma jamoasi Toshkentda 3ta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi