15.02.2019, 20:50

O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi yig'inni yakunladi


O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Toshkent viloyatining «Chorbog'» oromgohida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazayotgani haqida avval xabar berib o'tgandik.   Bugun Bahrom Norsafarov shogirdlari yig'inni yakunlab, Toshkent shahriga qaytib kelishdi. Endilikda ularga to'rt kun dam beriladi. 19-23 fevral kunlari «Chig'atoy» sport bazasida Turkiya safari oldidan yig'in bo'lib o'tadi. 23 fevralda esa qizlarimiz Turkiyaga yo'l olishadi.   Turkiyaning Alanya shahrida o'tkaziladigan xalqaro turnirda 8 ta terma jamoa g'oliblik uchun kurash olib boradi. O'yinlar ikkita guruhda tashkil etiladi. Qizlarimiz «A» guruhida Ruminiya, Hindiston va Turkmaniston terma jamoalariga qarshi bahs yuritadilar. «B» guruhida esa Shimoliy Irlandiya, Frantsiya, Qozog'iston va Iordaniya terma jamoalari o'zaro bahs olib borishadi.

Читайте также:

O'zbekiston ayollar OTJning Turkiyadagi musobaqadagi raqiblari ma'lum

O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi Turkiyadagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi

O'zbekiston ayollar Olimpiya terma jamoasi yig'ini qizg'in davom etmoqda

O'zbekiston ayollar olimpiya terma jamoasi navbatdagi yig'inni boshladi

O'zbekiston ayollar terma jamoasi «CAFA Women’s Championship 2018» musobaqasi oldidan yig'inni boshladi