14.07.2019, 09:30

“O'zbekcha derbi”da Hikmatilloh To'raev ustun keldi


Budapesht shahrida davom etayotgan dzyudo bo'yicha Gran-pri musobaqasining ikkinchi kuni ham o'z yakuniga etib bormoqda. Xabar berganimizdek, ushbu kun doirasida ikki o'zbekistonlik dzyudochi bronza medali uchun o'zaro raqib bo'lishdi.

-73 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan vakillarimiz Hikmatilloh To'raev va G'iyosjon Boboev bahsi ko'pchilikning diqqat-markazida bo'ldi. Murosasiz kechgan bellashuv yakunida To'raevning qo'li baland keldi. Ushbu natija bilan Hikmatilloh 350, G'iyosjon esa 252 reyting ochkosiga ham ega bo'ldi.

Shu tariqa terma jamaomizning Budapesht Gran-prisida qo'lga kiritgan medallari hozircha 2 ta bronzani tashkil qilmoqda. Ertaga bo'lib o'tadigan og'ir vaznli polvonlar bahsida ham 5 nafar vakilimiz kurash olib borishadi.

Читайте также:

Ikki dzyudochimiz bronza medali uchun o'zaro kurash olib borishadi

Budapesht Gran-prisining ikkinchi kunida ham besh nafar dzyudochimiz bahslarga kirishadi

Shahram Ahadov Budapesht Gran-prisida bronza medalini qo'lga kiritdi

Ikki dzyudochimiz bronza medali uchun kurash olib borishadi

G'iyosjon Boboev bugun Antalya Gran-prisida ishtirok etadi