13.07.2019, 19:10

O'zbek xokkeyidagi tarixiy kun sanasi ma'lum

Xabaringiz bor, xokkey bo'yicha Toshkentning “Humo” klubi yangi mavsumni Rossiyaning Oliy xokkey ligasida o'tkazadi.

Bugun mazkur musobaqaning taqvimidan o'rin olgan dastlabki uchrashuvlari ma'lum bo'ldi. Unga ko'ra, jamoamiz dastlabki o'yinni safarda 10 sentyabr kuni Xitioyning “Seng Tou” jamaosiga qarshi olib boradi. Toshkentda o'tadigan ilk tarixiy o'yin esa 26 sentyabr kuniga belgilangan bo'lib, unda Rossiyaning “Dinamo Tver” klubi mehmon bo'ladi. Jamoaning dastlabki 6 o'yini esa quyidagicha:

Ma'lumot uchun, Oliy xokkey ligasida Rossiya, Xitoy, Qozog'iston va bu mavsumdan e'tiboran O'zbekistondan jami 32 jamoa ishtirok etadi. Unda klublar divizion va konferentsiyalarga ajratilgan holda o'yin o'tkazishadi. Turnir statusi bo'yicha Kontinental xokkey ligasidan keyingi o'rinni egallaydi.

Mavzu bo'yicha:

Sport TV’da xokkey bo'yicha jahon chempionatini tomosha qiling

Bu hafta xokkey bo'yicha O'zbekiston chempionatining 2 ta tur uchrashuvlari o'tkaziladi

KXL uchrashuvlaridan birini Toshkentda o'tkazish bo'yicha dastlabki kelishuvga erishildi

Xokkey. O'zbekiston chempionatida dastlabki kun uchrashuvlari yakunlandi

Umid Ahmadjonov: «Bugun o'zbek sporti uchun tarixiy kun»