15.04.2019, 18:30

«O'ylaymanki, de Yong «Yuventus»ga qarshi o'yinda maydonga tushadi»


«Ayaks» yarim himoyachisi Frenki de Yongning agenti Ali Dursun shanba kuni «Ekselsior»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda jarohat olgan mijozining ahvoli haqida ma'lumot berib o'tdi.

«Ehtiyot yuzasidan u zaxiraga olindi. Frenki oyog'ida og'riq his qildi. Lekin ahvoli juda og'ir emas edi. Nazarimda, jarohatdan ko'ra o'qrquv kuchliroq bo'lgan. U jamoa bilan birgalikda Italiyaga yo'l oladi. O'ylaymanki, de Yong «Yuventus»ga qarshi o'yinda maydonga tusha oladi. Frenkining kayfiyati yaxshi», – dedi agent.

«Yuventus» – «Ayaks» uchrashuvi 16 aprel, seshanba kuni Toshkent vaqti bilan tunda 00:00da boshlanadi. Amsterdamda bo'lib o'tgan dastlabki o'yinda 1:1 hisobi qayd etilgan edi.

Читайте также:

«Ayaks»da «Yuventus»ga qarshi o'yin oldidan jiddiy yo'qotish

Allegri: «Ronaldu «Ayaks»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi»

Frenki de Yong: «Barselona» bilan shartnoma imzolaganimda, «Real»ni EChLdan chiqarib yubor», deyishgandi»

Frenki de Yong Messi haqida fikr bildirdi

Allegri: «Majburiy dam Ronalduga foyda beradi»