13.07.2019, 18:50

O'FAning navbatdan tashqari Konferentsiyasini yoritib boradigan OAV vakillari diqqatiga

Xabaringiz bor, 15 iyul kuni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari Konferentsiyasi bo'lib o'tadi. Konferentsiya poytaxtimizdagi “Radisson BLU” mehmonxonasida o'tkaziladi.

Bilasiz, O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ushbu muhim tadbir uchun OAV vakillarini 10 iyul sanasiga qadar akkreditatsiya qilish jarayonini o'tkazdi. Konferentsiyani bevosita voqea joyidan yoritib borish maqsadida akkreditatsiyadan o'tish uchun hujjat topshirgan barcha turdagi OAV vakillari “Radisson BLU” mehmonxonasiga 15 iyul kuni soat 14:00dan boshlab tashrif buyurishlari mumkin bo'ladi. Ularga 14:30ga qadar davom etadigan ro'yxatdan o'tish jarayonida maxsus akkreditatsiya kartochkalari taqdim etiladi. 

Mavzu bo'yicha:

Tokio-2020 Olimpiadasi 2-saralash bosqichi uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi

U-23 Osiyo chempionati saralash bahslariga akkreditatsiya jarayoni boshlandi

2019 yilgi O'zbekiston Chempionati va Kubogi uchun akkreditatsiya jarayoni boshlandi

MOQda boks federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferentsiyasi bo'lib o'tadi

AGMK OChL-2019 saralash bahslari uchun akkreditatsiya jarayonini boshladi