17.05.2019, 11:20

O'FAda serbiyalik mutaxassis Voya Miloslavlevich seminar o'tkazdi


Serbiyalik mutaxassis, professor Voya Miloslavlevich yurtimizga tashrif buyurib, O'FA va PFL rahbarlari bilan uchrashuv o'tkazgani haqida xabar berib o'tgandik.   U hafta davomida viloyatlarga safar uyushtirib, hududiy bolalar-o'smirlar akademiyalari bilan yaqindan tanishdi.     Bugun Voya Miloslavlevich ishtirokida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutaxasisslari uchun seminar tashkil etildi.   Seminar davomida serbiyalik mutaxassis futbolni, jumladan, bolalar futbolini rivojlantirishning asosiy tamoyillari va bu borada e'tibor qaratish lozim bo'lgan asosiy jihatlar, har bir yosh toifasidagi futbolchilarga alohida yondoshuv, yosh itse'dodlarni kashf qilish va ularni kattalar futboliga olib o'tishdagi muammolar hamda echimlar mavzusida ma'ruza qildi.   Ma'lumot uchun, Boya Miloslavlevich 1960 yil  Serbiyada tavallud topgan. Faoliyatini futbol murabbiy sifatida boshlagan. Serbiya va Chernogoriya U-18 terma jamoalarida murabbiy sifatida ishlagan. Futbol mavzusida bir qator ilmiy ishlar muallifi. Voya Miloslavlevich futbol bo'yicha ko'plab qo'llanmalar chop etgan bo'lib, mazkur qo'llanmalar asosida turli futbol akademiyalarda mashg'ulotlar olib boriladi.  

Читайте также:

Serbiyalik mutaxassis Voya Miloslavlevich Surxondaryoda seminar o'tkazdi

Serbiyalik mutaxassis Voya Miloslavlevich Andijon viloyati bolalar-o'smirlar akademiyasiga tashrif buyurdi

O'FAda serbiyalik mutaxassis Voya Miloslavlevich bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

O'FAda hududiy futbol akademiyalari direktorlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi

Hududiy bolalar va o'smirlar futbol akademiyalari uchun tashkil etilgan seminar yakunlandi