11.07.2019, 22:20

O'FA rahbariyati “Milliy” stadion chimi holatini ko'zdan kechirdi

O'zbekistonning bosh arenasi sanaluvchi “Milliy” stadion maydoni masalasi ancha vaqtdan buyon echim topmay kelayotgani barchaga ma'lum.

Ilgari “Bunyodkor” stadioni deya nomlangan mazkur muhtasham o'yingoh maysasining talabga javob beradigan holatga kelmayotgani futbol muxlislari va mutaxassislarini birdek tashvishga solmoqda.

Stadion chimi holatini ko'zdan kechirish, mavjud muammo va kamchiliklar nimalardan iborat ekanini bilish maqsadida O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyati “Milliy” stadionga tashrif buyurdi hamda chimni yangilash bilan shug'ullanayotgan Turkiyaning "Iren"kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Uchrashuv chog'ida Ravshan Ermatov stadion maysasi yangilangan bo'lsa-da nima uchun hamon yaxshi holatga kelmayotgani va mazkur muammoni bartaraf etish uchun qanday choralar ko'rilishi lozim ekani borasida turk mutaxassislari fikri bilan qiziqdi.

Uchrashuv davomida chimni bizning iqlimimizga to'liq moslashishi hamda xalqaro standartlarga doimiy tarzda javob beradigan bo'lishi uchun amalga oshirilishi lozim bo'lgan ishlar muhokama etildi.

Mavzu bo'yicha:

«Milliy» stadionning yangi chimi sinovdan o'tkazildi

«Milliy» stadioni maysasi tayyor holatga keltirilmoqda

«Milliy» stadioni maysasi futbol uchrashuvlarini qabul qilishga tayyor holatga keltirilmoqda

«Milliy» stadionida jiddiy o'zgarishlar bo'lmoqda

PFL komissiyasi a'zolari Namanganga kelishdi