14.06.2019, 21:20

O'FA Ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tdi


Bugun 14 iyun kuni O'zbekiston futbol assotsiatsiyasida Ijroiya qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi. 

Yig'ilishda O'zbekiston Respublikasi Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev, O'zbekiston milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, O'FA Ijroiya qo'mitasi a'zolari va boshqa mutasaddi shaxslar ishtirok etishdi. Kun tartibidan quyidagi masalalar o'rin oldi:

-O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidentlarining yozgan arizalariga asosan o'z lavozimlaridan ozod etish;

-O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidentlari vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi nomzodlarni ko'rib chiqish;

-O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Ramatov Achilbay Jumaniyazovichning Bosh kotib bo'yicha bildirgan taklifini ko'rib chiqish;

-O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferentsiyasini chaqirish bo'yicha taklif tayyorlash.

Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan. O'FAning amaldagi vitse-prezidentlari Umid Ahmadjonov, Po'lat Bobojonov va Sherzod Toshmatovdan o'z lavozimlaridan muddatdan oldin ozod etish masalasida arizalar kelib tushgan bo'lib, Ijroqo'm a'zolari bu arizalarni qanoatlantirish bo'yicha ovoz berishdi.

O'FA vitse-prezidentligiga Ijroqo'm a'zolarining ovozlari bilan FIFA referisi Ravshan Ermatov va IIV vaziri o'rinbosari Muhiddin Jo'raev vaqtincha vazifani bajaruvchi sifatida saylanishdi.

Shuningdek, O'FA prezidenti Achilboy Ramatovning taklifiga asosan, amaldagi bosh kotib Sardor Rahmatullaev o'rniga Avaz Maksumov Ijroiya qo'mitasi tomonidan tayinlandi.

O'FA Ijroiya qo'mitasi qaroriga asosan O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov Konferentsiyasi joriy yilning 15 iyuliga belgilandi hamda konferentsiya kun tartibini shakllantirish Avaz Maksumovga yuklandi.

Читайте также:

Umid Ahmadjonov: «XOQ tarkibiga kirish uchun bor kuchimni ishga solaman»

Umid Ahmadjonov Osiyo Olimpiya Kengashi vitse-prezidenti bo'ldi

Milliy olimpiya qo'mitasiga yangi vitse-prezidentlar saylandi

Toshkentda OFK Ijroqo'mining navbatdagi yig'ilishi boshlandi

Bugun Toshkentdagi «International» mehmonxonasida OFK Ijroqo'mining yig'ilishi bo'lib o'tadi