04.08.2018, 20:56

O'FA bo'lim boshlig'i Ispaniya futbol federatsiyasi tomonidan tashkil qilingan murabbiylik kurslarida tahsil olmoqda

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti va O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi  1-vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov joriy yilning yanvar oyidagi Ispaniya poytaxti  Madrid shahriga qilgan tashrifi vaqtida Ispaniya futbol federatsiyasi texnik direktori Fernando Yerro va Murabbiylar tayyorlash Qo'mitasi direktori Eduardo Katurla bilan uchrashuv o'tkazgan edi.

Ushbu uchrashuvda O'zbekiston futbol federatsiyasi va Ispaniya futbol federatsiyasi o'rtasida hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishilgani xaqida avval xabar berib o'tgan edik.

Hozirda ushbu uchrashuvda imzolangan bir qator kelishuvlarga asosan  O'zbekiston futbol assotsiatsiyasining futbol akademiyalari faoliyati bo'limi boshlig'i Zokirjon Xoliqov Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi tomonidan  tashkil qilinayotgan UEFAning “A” litsenziyasini beruvchi intensiv murabbiylik kurslarida tahsil olmoqda.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan nafaqat futbolni rivojlantirish, balki ushbu sohada faoliyat ko'rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo'lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muntazam davom ettiriladi.

Mavzu bo'yicha:

PFL va La liga hamkorligi doirasidagi 2018 yil so'nggiga qadar rejalashtirilgan tadbirlar rejasi

Isroilda klub o'z nomini Tramp sharafiga o'zgartirdi

«Real» Evropa Ligasidagi g'alaba bilan «Atletiko»ni tabrikladi

EChL-2017/2018. Final: faktlar, raqamlar, ko'rsatkichlar

Karius uchun yana bir og'ir zarba! Undan sevgan qizi voz kechdi