most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 02:35
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
"Nyukasl" futbolchisi klubdagi o'zgarishlarga qanday munosabatda?
  14 Oktyabr, 10:45  6

.

"Nyukasl" klubi saudiyaliklar qo'liga o'tganidan hammanining xabari bor. Bu voqeadan hamma o'z bilganicha xulosalar yasamoqda. Shuningdek, futbolchilar ham. "Nyukasl" klubi yarim himoyachisi Jonjo Shelvi bu haqda intervyu berib o'tdi. U "Daily Mail" nashri bilan suhbatda shunday fikrlar bildirgan: "Bu xabarni eshitgan muxlislar harakatga kelishdi. Ular stadionimiz tashqarisida yig'ilishdi. Buni ko'rish shunchaki dahshat edi. Hatto g'alaba qozonganimizda ham ular bunchalik quvonmagan bo'lsa kerak. Men stadion yoniga o'z mashinamda bordim va muxlislarga qo'shilishni istadim. Stadiondagilar munosabati shunchaki ajoyib edi. Chunki muxlislar o'tmishda ko'p azoblanishdi va bu xabar ularga yana umid bag'ishladi. Buning uchun muxlislarga rahmat aytish kerak. Negaki, ular ham bu savdo amalga oshishi uchun birdek harakat qilishdi. Men juma kuni kechqurun "Blue Star"ga bordim. U erda qariyb mingta klub muxlislari jamlanishgan va ularning hammasi arab kiyimlarida edi. Ular o'zlarini juda ham baxtiyor his etardi".


Shelvi yangi rahbariyatning kelishi jamoaning hozirgi tarkibidagi futbolchilarni EChL va APLni yutish uchun ilhomlantirganini aytdi. Ammo real davrda u ӯsha paytda klubda bo'lmasligini tan oldi: "Men bu hodisalar sodir bo'layotganda balki klubda bo'lmasman. Chunki men bunga qancha muddat ketishini juda yaxshi bilaman. Ammo kimdur kelib bu haqda gapirganda futbolchi sifatida klubda yana qolishni va jamoa bo'lagi sifatida bu narsalarga intilishni istaysiz. Mening klub bilan joriy bitimim 18 oydan keyin yakunlanadi. Shunday ekan mana shu davrda nimalarga qodir ekanimni isbotlashim kerak. Men bu ishga jiddiy qarayman. Chunki bu mening kasbim. Bu oson bo'lmasligi aniq. Men berilgan imkoniyatdan foydalanishga harakat qilaman".


29 yoshli futbolchi sobiq rahbar Mayk Eshli klubni yana uzoq boshqarishi mumkinligini ta'kidladi. Bu haqda Shelvi shunday deydi: "Muxlislar undan ketishini talab qilishardi va kutishardi. Bu ular uchun yaxshi yangilik bo'ldi. Negaki, Eshli yana boshqaruvda davom etishi mumkin edi. Endilikda esa muxlislar nima xohlayotganini tushunaman. Ular Messi va Mbappe kabi o'yinchilarni istashadi. Bu borada ayta oladigan gapim esa bitta: bu imkonsiz va biz realist bo'lishimiz lozim. Sharoit nuqtayi nazardan klubimiz mashg'ulotlar maydoni APL standartlariga to'g'ri kelmaydi. Biz futbolchilar shunday joyda o'ynashga majbur edik. Oldin buni to'g'irlashga pul yo'q edi. Buni qabul qilish oson bo'lmagan. Hozir esa pul mavjud. Men buni birdaniga sarflash mumkin emasligini tushunaman. Bu uzoq vaqtlik jarayon. Ammo eng asosiysi muxlislar uchun yaxshi o'yin qurish va shu yo'lda davom etish. Bu klub istasa, hamma narsaga erisha oladi".


Klubning joriy murabbiyi Stiv Bryusning taqdiri hali hal etilmadi. Ammo yangi rahbariyat 60 yoshli mutaxassisni iste'foga chiqarishni o'ylamoqda. Bryus o'z murabbiylik faoliyatida minginchi o'yiniga yaqin turganini ham ta'kidlash joiz. U kelayotgan turda "Tottenxem"ga qarshi bahga o'z jamoasini boshlab chiqsa, bu dovonga etgan bo'ladi. Sobiq futbolchi Deni Myorfi Stiv Bryus faoliyati haqida shunday deydi: "Bilasizmi, inson yurishdan oldin birdaniga yurgurib keta olmaydi. "Nyukasl"ning hozirgi ahvoli o'ta og'ir. Ularning hozirgi murabbiyi klubni quyi pog'onalarda olib kelgan va buni biladigan odam. Hozirgi vaziyatda ular yangi murabbiyga muhtojmi? Siz muxlislarni xursand qilish haqida gapirasiz. Hozir Eshli ketganidan hamma xursanddir. Ammo murabbiy masalasi kun tartibiga kelganda hech kim aniq nomzod keltira olmaydi. Firkimcha, hozir hech kim bu klubga jamoani turnirda saqlab qolish uchun kurashishga kelmaydi. Shunday ekan, Stiv Bryus o'z o'rnida qolishi va ishini davom ettirishi lozim".

 

 

ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»