03.07.2019, 20:50

Neymarning «Barselona»ga qaytishi to'g'risida Azarning fikri qanday?

«Barselona» klubi rahbarli Neymarning transferi borasida tinimsiz izlanishda davom etmoqda. Bu transferning amalga oshishi ham tobora haqiqatga o'xshab ko'rinmoqda. Ispaniyaning taniqli nashrlaridan biri sanaladigan «Marka» jurnalistlari «Real Madrid» futbolchilariga Neymarning qaytishi borasida savollar berisdi. Ulardan ayrimlari ushbu mavzuga qisqacha to'xtalib o'tdi.

Toni Kroos

To'g'irisini aytsam, Neymarning qaytishi biz uchun katta foyda keltirishi mumkin. Shu jumladan katta zarar bo'lishi ehtimoldan xoli emas. Uning bizga raqiblik qilishi bizni oxirgi turlarning so'nggi soniyalariga qadar xushyor o'ynashga majbur qiladi. Afsuski, bu transferning amalga oshishi borasida birorta rasmiy ma'lumot shu kunga qadar paydo bo'lganicha yo'q. «PSJ» uni oib qolish uchun har xil  uslublarni qo'llaydi va braziliyalikni saqlab qolishga tish-tirnog'I bilan harkat qiladi. Tan olish lozim, Neymarning kelishi «Barselona»ni kuchaytiradi, lekin bu transfer bizni zarracha kuchsizlantira olmaydi!


Serhio Ramos

Azar va Neymar singari top darajadagi futbolchilarning Ispaniyaga kelishi juda yoqimli xolat. Ular ichki chempionating saviyasi ko'tarilishini ta'minlab berishadi. Neymarning iqtidoriga hech kimda shubha yo'q, shunday bo'lsada  aytib o'tishimiz lozim-ki, agarda Neymar «PSJ»ga o'tib ketmaganida hozir Ronaldu va Messi bilan bir xil darajadagi futbolchiga aylangan bo'lar edi. Uning «Barselona»ga kelishi bizni zarracha havotirga solayotgani yo'q. «Barselona» o'z tarkibini kuchaytirganiga shubham yo'q, lekin biz ham qarab turmoqchi emasmiz! Neymarning ortga qaytishidan asosiy maqsad - shaxsiy sovrinlar yutish. Bu borada ortiqcha gap-so'zga xojat yo'q.

Varan

Madridda hamma Neymarni so'g'inib qolganiga shubham yo'q. U singari futbolchining bizga qarshilk qilishi bizni o'sishga majbur qiladi. Agarda bu transfer rasman e'lon qilinsa, Ispaniyada yangi era boshlanadi. Bu safar Ronaldu va Messiniki emas, Azar va Neymarning davri deya keyinchalik xotirlanadi bu yillar. O'ylashimcha, muxlislar ham yangicha ko'rinishdagi qarama-qarshilikka befarq bo'lishmasa kerak.

Karim Benzema

Men Neymar va uning qiliqlari haqida gapirmoqchi emasman. Yaxshisi, bor e'tiborimni o'z o'yinlarimni yanada yaxshilashga qaratganim ma'qul. Biz o'z tariximizdagi eng yomon mavsumni o'tkazdik. Hozirda bu muammolardan chiqib ketishdan boshqasi shaxsan meni zarracha qiziqtirayotgani yo'q. Biz ruhan yangi mavsum uchun ta'tilda ham tayyorgarlik ko'ryapmiz. Umid qilaman-ki, Azar bizni yangi mavsumda katta g'alabalarga boshlay oladi.

Eden Azar

«Real Madrid» va «Barselona» klublari o'rtasidagi qarama-qarshilik allaqachon tarixga aylanib ulgurgan. Bu uchrashuvlar hamma zamonlarda eng muhim va eng tomoshabopligi bilan qolgan uchrashuvlardan yaqqol ajralib turadi. «El Klassiko» so'zini eshitgan inson bor-ki, u futbolni tushunmasada gap nima  haqida borayotganini darrov sezadi.  
 Neymarning «Barselona» safiga o'tishi bu uchrashuvlarni yanada bezab bergan bo'lar edi. Men uning ortga qaytishi tarafdoriman. Nega deysizmi? Sababi, menga kuchlilarga qarshi to'p surish doimo o'zgacha zavq bag'ishlab kelgan.

Mavzu bo'yicha:

Neymar kuchlimi, Dembele? "Barselona" prezidenti javob berdi

«Barselona» prezidenti Neymarning qaytishi borasida rasmiy bayonot berdi

Barchasi yolg'on! Neymarning otasi «Barselona» prezidentiga qo'ng'iroq qilmagan

"Barselona" direktori Neymarning klubga qaytishini inkor qilmadi

Messi Neymarning «Barselona»ga qaytishiga rozilik berdi