15.02.2019, 21:10

Neymar qachon maydonga qaytishini ma'lum qildi


«PSJ» hujumchisi Neymar qancha muddatda jarohat to'liq forig' bo'lib, maydonga qaytishi mumkinligini ma'lum qildi. Braziliyalik futbolchi yanvar oyi so'ngida oyoq barmog'idan jarohat olgandi.

Ushbu jarohat tufayli Neymar «Manchester Yunayted»ga qarshi kechadigan EChL javob o'yinida ham maydonga tusha olmaydi. Parijliklar chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishsa, hujumchi chorak final bosqichida maydonga tushishi mumkin.

«O'zimni yaxshi his qilyapman. Tezroq sog'ayishim uchun tibbiy choralarni ko'ryapmiz. Tiklanish jarayonidan qoniqish hosil qilyapmiz. Hayotimdagi eng yaxshi narsa — futbol o'ynashni intizorlik bilan kutyapman. Taxminlarga ko'ra, to'liq sog'ayishim uchun 8-10 hafta vaqt ketadi. O'ylashimcha, bu muddat 10 haftadan oshmaydi. Ushbu jarayonni tazlashtirish ustida ishlayapmiz», – dedi Neymar.

«U basseyn va velotrenajyorda ishlashni boshladi. Neymar jarohat olganidan beri biror marta ham to'xtab qolgani yo'q. U har kuni bir - bir yarim soat davomida shug'ullanmoqda», – deya qo'shimcha qildi futbolchining fizioterapevti Rafael Martini.

Читайте также:

Kavani va Verratti «MYu»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

«PSJ»: Neymar 10 haftaga safdan chiqdi, u operatsiya qilinmaydi

Neymarning qancha muddatga safdan chiqqani aniq bo'ldi

«PSJ» Neymar va Mbappening jarohati borasida bayonot berdi

Neymar APLning ushbu mavsumida kim chempion bo'lishini taxmin qildi