26.06.2019, 19:10

Neymar Mbappening nafratiga uchradi

Braziliyalik futbolchining «Barselona» klubiga qaytishi tobora aniqlashib bormoqda. Uning o'zi rasman «Barsa»da to'p surmoqchi ekanligini ma'lum qilganidan xabaringiz bor. Aynan shu sabab Katoloniya klubi Grizman transferidan voz kechdi va bor e'tiborini Neymarga qaratdi. Azaliy raqiblari Eden Azarni tarkibiga qo'shib olayotgan bir paytda, «Barselona» klubi ham o'z super yulduzini ortga qaytarish payiga tushib qolganidan xabaringiz bor. Bugun Neymarning klubdan ketishi borasida jamoadoshlari tomonidan bildirlgan fikrlar bilan tanishtirib o'tamiz.

Buffon

Neymarsiz Parij klubi katta havf ostida qolishi aniq. Sababi, Neymar jamoaning o'yinini belgilab beruvchi futbolchi sanaladi. To'g'ri, undan tashqari jamoada Mbappe, Kavani, Veratti singari top yulduzlar ham mavjud, lekin Neymarning ketishi jamoa uchun og'ir bo'lishi  aniq. Endi Parij klubi mutasaddilari ishga kirishmog'I zarur. Neymarning ketishi jamoaga ta'sir o'tkazmasligi uchun yangi futbolchilarni xarid qilish zarur.

Veratti

Neymarsiz «PSJ» bu  - Messisiz «Barselona»degandek gap!  «PSJ»ga Messini olib kelishning iloji yo'q va aynan shu sababli bizga Neymar zarur. Men Neymar nima uchun bunday qilayotganini tushuna olmayapman. Ayni damda uning o'zini tutishi meni hayron qoldirmoqda. Axir u hozir bizning almashtirib bo'lmas o'yinchimiz bo'lsa, unga Parijda nima etishmaganiga tushuna olmadim.
U futbol dahosi! Daholarning qarorini muhokama qilish esa oddiy insonlar uchun emas!

Tomas Tuxel

Neymar ketgach biz boshimizni changallab qolmaymiz. «PSJ»ning o'yini bir futbolchi atrofida qurilmagan. Sababi, mening futbol falsafam bilan futbolchi atrofida jamoa tuzish umuman boshqa-boshqa narsa!  Neymar yakunlangan mavsumning katta qismini jarohatlari sababli o'tkazib yubordi.
Uning yo'qligi bizga zarracha ta'sir o'tkazgani yo'q. Neymarning ketishidan fojia yasashga ham xojat yo'q. Futbolchilarning kelib-ketishi odatiy holat. Hozir biz uning qolishini emas, balki boshlanayotgan mavsumni qanday o'tishi haqida o'ylasak to'g'riroq bo'lar edi. Boshlanadigan mavsumni Neymarsiz yoki Neymar bilan o'tkazishimizning deyarli farqi yo'q!

Kavani

Men uning ketishi borasidagi masalada Parijda suhbatlashgan edim. Hozir «Kopa Amerika» musobaqasida gaplashganimizcha yo'q. Men shuni aniq ayta olmanki, u nima qilayotganini aniq biladi. Hozir unga oson emas. Umid qilamanki Neymar jarohatlaridan forig' bo'ladi va yana o'z formasini tiklab oladi.
Agarda u ketishni istasa, demak u shuni xohlamoqda. U shuni xohlayaptimi? Demak aynan shu narsa Neymar uchun foydali!

Mbappe

Neymarning ketishi jamoaga umuman ta'sir o'tkazmaydi. Qaytanga jamoadagi manfiy energiya tarqalib ketadigan bo'ldi. Sababi, ko'plab futbolchilar uning ketishi evaziga tushunmovchiliklardan forig' bo'ladi. U boshqa klubga o'tishni istab to'g'ri qaror qabul qilibdi. Sababi, Neymar bu erda hech  narsa qila olmadi va qila olmaydi ham. Uning ortiqcha fintlari va driblinglarisiz ham jamoa kuchli bo'lib qolaveradi.

Mavzu bo'yicha:

Transfer olamidagi yangiliklar

Neymar yoki Grizman? «Barselona» futbolchilari ulardan qay birini tanlashdi?

Neymarning tiklanishi uchun 4 oy ketishi mumkin

«Barselona» Neymar oldiga shart qo'ydi

Messi Neymarning «Barselona»ga qaytishiga rozilik berdi