03.07.2019, 17:10

Neymar mavsumga tayyorgarlikni qaysi jamoada boshlashi aniq bo'ldi

"PSJ" hujumchisi Neymar jamoada qolishi mumkin. Ma'lumotlarga qaraganda, ta'til yakunlangach braziliyalik futbolchi parijliklar safiga qaytishga qaror qildi. U "PSJ" safida yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

Avvalroq Neymar "Barselona"ga o'tishga erishish uchun "Pari Sen-Jermen" mashg'ulotlariga boykot e'lon qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

27 yoshli Neymar o'tgan mavsumda "PSJ" safida barcha musobaqalar doirasida 28ta o'yinda maydonga tushib, 23ta gol urdi va 13ta golga uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Mavzu bo'yicha:

Neymar «Barselona»dan uzr so'rashga tayyor

«Barselona» Neymar uchun «PSJ»ga 100 million evro va 3 futbolchini taklif qildi

Messi bu borada Ronaldudan ilk marta o'tib ketdi

Neymar: «Liga-1 La Ligaga juda o'xshaydi»

Messi Neymarning «Barselona»ga qaytishiga rozilik berdi