12.07.2019, 23:50

Neymar faoliyatini qaerda davom ettirishini aytdi

Braziliyalik hujumchining PSJ bilan tuzilgan shartnomasi 2022-yilning yozigacha amal qiladi.


Neymar o'zining yangi mavsumda qaerda ko'rishi haqida gapirib o'tdi. Neymar braziliyaning UOL nashriga bergan intervyusida, "Barselona"ga qo'shilishni istayotganini e'tirof etdi.

"To'g'ri, men PSJni tark etishni xohlayman. Men buni klub rahbariyatiga bildirganman. Nima uchun tayyorgarlik lageriga bormadim? Men Rio-de-Janeyroda rejalashtirilgan tadbirda edim. PSJ menga ular uchun foydali bo'lgan shartlar bo'yicha muzokara o'tkazishga ruxsat berdi. Agar men "Barselona"ga o'ta olmasam, PSJni himoya qilishda davom etaman ", dedi Neymar.

Hozircha Ispaniya va Frantsiya klublari futbolchining transferi borasida kelisha olmayabdilar.

Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsumda 27 yoshli futbolchi PSJ safida 28 ta o'yin o'tkazib, 23ta gol urdi.

Mavzu bo'yicha:

Neymar «Barselona»ga qaytishiga ishonmoqda

«Barselona» prezidenti: «Neymar «PSJ»ni tark etmoqchi, ammo...»

"Barselona" Neymar uchun 170 mln evrodan ortiq to'lamaydi

Neymar mavsumga tayyorgarlikni qaysi jamoada boshlashi aniq bo'ldi

PSJ «Barselona» bilan muzokara o'tkazishni istamadi