13.07.2019, 00:20

Neymar «Barselona»ga qaytadimi? Ronaldu javob berdi


Neymarning «Barselona»ga qaytishi borasidagi vaziyat oydinlashganicha yo'q. Bugun aynan shu mavzu to'g'risida futbol olamidagi mashxur insonlarning fikrlari bilan qiziqdik.

Rivaldo

Neymarning ortga qaytishi «Barselona»ga ham uning o'ziga ham foydali bo'lgan bo'lar edi. Kataloniya klubi safida u dunyoning eng kuchli futbolchisiga aylanishi mumkin. Afsuski, klub muxlislarning 70 foizi uning ortga qaytishiga qarshi. Shunday bo'lsada, «Real Madrid» ustidan qozonilgan g'alaba yoki EChLda g'olib chiqish orqali Neymar hammaning yuragidagi nafratni mehrga aylantirib yuborishi mumkin.
U aynan futbol o'ynaydigan yoshga etdi. Ortga qaytish va katta yutuqlarni qo'lga kiritish uchun ayni payti. O'ylashimcha «Barselona» Neymar yordamida yana trebl qayd etishi mumkin. Bu transfer amalga oshishiga zarracha shubham yo'q!

Suarez

Men baxtli insonlar sirasiga kiraman. Sababi, dunyoning eng kuchli futbolchisi sanaladigan Leo Messi va eng kuchlilar orasida 2-pog'onadagi super yulduz Neymar bilan bir jamoada to'p surishga muvaffaq bo'lganman. Kim ham Neymar bilan birga o'ynashni istamaydi deb o'ylaysiz?! Bunaqa futbolchi topilmasa kerak. Hozirda u «PSJ»ga tegishli futbolchi. Shunday bo'lsada, u yana ortga qaytishiga ishonaman.

Xavi

Bu ajoyib transfer bo'lgan bo'lar edi. O'ylashimcha «PSJ» klubi Neymarning bor imkoniyatlarini ochib bera oladigan darajada kuchli chempionatda to'p surmaydi. Bundan tashqari «PSJ» bir necha bor murabbiy tanlashda adashdi. Bu esa, tarkibdagi eng kuchli futbolchidan foydalana olmaslikka olib keldi. Hamma aybni Neymarga ag'darish ham insofdan emas. Braziliyalik futbolchining ortga qaytishi o'z karierasini yangilab olish va Messi futboldan ketgach qirol bo'lish uchun imkon yaratadi. «PSJ»dan farqli o'laroq «Barsa» Neymardan foydalanishni biladi. Afsuski, bu transferni amalga oshirishning iloji yo'q.

Gvardiola

Neymar iqtidorli futbolchi. Shunday bo'lsada, uning ortga qaytishi jamoa uchun foydali bo'ladimi, yoki yo'q, buni ayta olmayman. Bu huddi men «Barsa»ga qaytganimdek gap. Men endi avvalgi Pep emasman. Huddi men kabi u ham avvalgi Neymar emas. Shunday bo'lsada, uning ajoyib futbolchi ekanligiga shubham yo'q.

Messi

Biz uning ortga qaytishini juda istasakda, bu transfer amalga oshishi ehtimoli juda past. Biz u bilan do'stmiz va bir oiladek yaqinmiz. U bilan juda ko'p shirin xotiralarimiz mavjud. Albatta, u bilan yana birga bo'lishni juda istaymiz. Uning qaytishi klubimiz uchun foydali bo'lgan bo'lar edi. Shunday bo'lsada, uning transfer summasini to'lashning hozirda deyarli iloji yo'q.

Ronaldu

Menimcha men Neymar borasidagi transfer haqida aniq so'z ayta olaman. Agarda Neymarning transferi uchun «Barselona»da mablag' bo'lsa, bu amalga oshadi. Aks xolda bilingki futbochi uchun «Barselona»da pul yo'q!

Читайте также:

Neymarning «Barselona»ga qaytishi to'g'risida Azarning fikri qanday?

Rivaldo: «Neymar, «Barselona» muxlislaridan uzr so'ra!»

Neymar Mbappening nafratiga uchradi

Neymar kuchlimi, Dembele? "Barselona" prezidenti javob berdi

Messi Neymarning «Barselona»ga qaytishiga rozilik berdi