Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 22:58
KirishRo'yxatdan o'tish
Shomurodov «Napoli»ga qarshi o'yinda nima uchun maydonga tushmadi?
  7 Fevral, 07:55  82

.

Italiya chempionatining 21-turi doirasida "Jenoa" o'z maydonida "Napoli"ni qabul qilib, kuchli raqibni taslim etdi. Genuyaliklar bosh murabbiyi Davide Ballardini hujumchi Eldor Shomurodovni mazkur o'yin uchun qaydnomaga ham kiritmagandi.

Italiya nashrlari tarqatgan xabarga ko'ra, o'zbekistonlik futbolchining mushaklarida toliqish kuchaygani uchun mutaxassis Eldorga dam berishga qaror qilgan. Murabbiy futbolchining sog'lig'i borasida tavakkal qilishni istamagan.

Shomurodov 13 fevral kuni "Torino"ga qarshi bahsda maydonga qaytishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»