Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 22:26
KirishRo'yxatdan o'tish
Shomurodovga «Bolonya»ga qarshi o'yinda necha ball qo'yildi?
  10 Yanvar, 10:00  67

.

Italiya chempionatining 17-turi doirasida bo'lib o'tgan «Jenoa» o'z maydonida «Bolonya»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi. O'zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov mazkur bahsni asosiy tarkibda boshlab, 81-daqiqada zaxiraga olindi.

Italiyaning turli nashrlari tomonidan Eldorga qo'yilgan ball va izohlar bilan tanishtirib o'tamiz.

Fantacalcio.it:
"Shomurodov avvalgi ikkita o'yinda 6,5 ball olgandi. "Bolonya"ga qarshi bahsda u bunday bahoga loyiq bo'la olmadi. U hozircha hujumning boshlanish qismida yaxshi harakat qilmoqda. "Jenoa"ning birinchi goli bunga isbot bo'la oladi. U birinchi bo'limni juda yaxshi o'tkazdi, ammo ikkinchi taymda biroz yo'qolib qoldi. Shunga qaramay, uning bahosi — 6.0".

pianetagenoa1893.net:
Shomurodov — 7,0.
Dastlabki 40 daqiqa davomida bir tempdagi o'yin, keyin aqlbovar qilmas parvoz va odatdagidek aqlli o'yin.

calciomercato.com
Shomurodov — 6,0 (izohsiz).

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 2

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»