Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 23:30
KirishRo'yxatdan o'tish
Chalxanoglu «Milan»ga shart qo'ydi
  8 Yanvar, 13:15  19

.

«Milan» yarimhimoyachisi Hakan Chalxanoglu klubga o'zining talablarini qo'ymoqda.

Italiya matbuotining tarqatayotgan xabarlariga ko'ra turkiyalik futbolchi rahbariyatdan maoshini oshirib berishlarini so'ramoqda. U yiliga 7 million evro olishni xohlaydi.

Biroq «rossonerilar» uning bu talabini qondirmoqchi emas. Hakanning ayni paytdagi maoshi 3,5 million atrofida bo'lib, uning klubni tark etish ehtimoli ham yo'q emas.

Ma'lumot uchun, Chalxanoglu joriy mavsum «Milan» safida 22 o'yinda 6 gol va 9 assistni qayd etdi. Uning shartnomasi joriy yil yozda yakuniga etadi.

Manba: stadion.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»