most
Assalom-u alaykum, Mehmon! Soat: 04:19
KirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ!
Vadim Abramov: «Bugun o'z o'yinimizni namoyish eta olmadik»
  12 Iyun, 07:20  20

.

O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov Yamanga qarshi bo'lib o'tgan JCh-2022 saralash uchrashuvidan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bunday o'yinlar umrning yarmini olib qo'yadi. Juda qiyin o'yin bo'ldi. Buni kutgandik. Yaman o'ynashni biladigan jamoa ekanini bilardim. Bungacha ular yirik hisobda yutqazgani hech narsani anglatmasdi. Avvalroq Yaman Saudiya Arabistoni bilan 2:2 hisobida durang o'ynagandi. Biz o'z o'yinimizni o'ynay olmadik, raqibga moslashishimizga to'g'ri keldi. Har bir jamoa raqib imkon berganicha harakat qiladi. Mazkur bahsdan xulosalar chiqaramiz.

Saudiya Arabistoni ham bugun qiynaldi: Singapurga qarshi bahsning 85-daqiqasigacha gol ura olishmadi. Endi Saudiyaga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz.

Bugun o'z o'yinimizni namoyish eta olmadik. Aslida bunday o'ynamasligimiz kerak. Afsuski, Yamanning o'yiniga moslashishga to'g'ri keldi. To'pni ko'p yo'qotdik. Shunga qaramay, to'qnashuv taqdirini ertaroq hal qilib qo'yish uchun bizda imkoniyatlar bo'ldi. Shunda uchrashuvning so'nggi daqiqalarini xotirjamroq o'tkazardik. Ularning darvozaboni yaxshi harakat qildi.

Men yigitlarga minnatdorchilik bildiraman. Qaltis hisobni ushlab qolishga muvaffaq bo'ldik. Saudiyaga qarshi o'yinga yo'qotishlarsiz kelishni istagandik, bu maqsadimizga erishdik.

Jaloliddin Masharipov bugun o'z imkoniyatlaridan pastroq o'ynadi. Sariq kartochka bilan bog'liq ehtiyotkorlik o'z ta'sirini ko'rsatdi. Uni bahs oxiriga qadar maydonda ushlab turishga majbur bo'ldim. U aqlli yigit, sariq kartochka olmasligiga ishonardim.

Eshmurodovning almashtirilishi? U birinchi bo'limda hayajonlandi, birinchi uzatmalarni berishda xatoga yo'l qo'ya boshladi. Shu bois, maydonga tajribaliroq Ashurmatovni tushirishga qaror qildim. Rustam esa ishonchli harakat qildi", — dedi Vadim Abramov O'FA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: stadion.uz

BILDIRILGAN FIKRLAR
Umumiy: 1

Фойдаланувчи қоидалари
E-mail: maydon.net@gmail.com
© Maydon.net— «Спорт янгиликлари»